KIM ChEN IR

KIM ChEN IR (1942.16.2, Pxenyan) — KXDR davlat boshligʻi. kim Ir Senning oʻgʻli. Kim Ir Sen nomidagi Pxenyan un-tini tugatgan (1964). 1964-y. dan Koreya Mehnat partiyasi MK apparatida ishlagan. 1973-y. dan Koreya Mehnat partiyasi MK kotibi, 1974-y. dan MK Siyosiy komiteti, 1980-y. dan Siyosiy byurosi Prezidiumi aʼzosi, Koreya Mehnat partiyasi Markaziy harbiy komiteti aʼzosi. 1994-y. 8-iyuldan davlat boshligʻi, Mudofaa komiteti raisi (1998-y. 5 sent. dan).