KIMXOB

KIMXOB (fors.) — tanda ipi zar, arqogʻi ipakdan gul (naqsh) hosil qilib toʻqilgan qimmatbaho mato. Zar ipining rangiga qarab sariq K., kumush rang (oq) Kimxob deb nomlangan; ipakning rangiga qarab koʻk Kimxob, pushti Kimxob, qizil K. farqlangan. Boy xonadonlardagi ayol va erkaklarning ustki kiyimlari (toʻn, nimcha, kamzul, paranji va b.), asosan, Kimxobdan tikilgan. Kimxob toʻqish Buxoro, Shahrisabz, Gʻijduvon shaharlarida qadimdan rivojlangan. 20a. 20-y. larigacha Turkiston oʻlkasining chet ellarga chiqaradigan asosiy matolaridan hisoblangan.