KIMMERIYLAR

KIMMERIYLAR (ossuriycha gimirrai — xalq; yun. kimmerioi) — qad. koʻchmanchi qabilalar ittifoqi. Eron podsholari yozuvlarining akkadcha varianti Kimmeriylarni Turkiston (hoz. Oʻzbekiston) ning gʻarbida yashagan saklar deb tushuntiradi. Ular Oʻkuz (Amudaryo)ning shim. da yashashgan. Ossuriya manbalari Kimmeriylarning 3 dohiysi: Teushpa, Tugdamme (yun. Ligdamis) va Sandaksatra nomlarini keltirgan. Mil. av. 700-y. da K. Rossiyaning jan. ga bostirib kirishgan. Gerodot va b. tarixchilarning yozishicha, K. Qora Kimmeriylar. Klazomen (Ioniya) dan topilgan sarqofadagi tasvir (mil. av. 6-a.) dengizning shim. sohillaridan Frakiyagacha boʻlgan hududda yashagan va bu yerlardan skiflar tomonidan quvib chiqarilgan, biroq yunon tarixchi va geograflari koʻpincha Kimmeriylar bilan skiflarni (ular qabiladosh boʻlgani uchun) chalkashtirib yozishgan. Mil. av. 7-a. da bu yerdan Kichik Osiyoga oʻtib Frigiyani (taxm. 675) va Lidiyaning poytaxti Sardi (652) ni, taxm. mil. av. 623-y. Kiaksarning Midiya podsholigini zabt etganlar. Mil. av. taxm. 600-y. K. ni Lidiya podshosi Aliatt tor-mor keltirgan. Keyinchalik Kichik Osiyodagi mahalliy aholi bilan aralashib ketgan. Kimmeriylardan qolgan moddiy madaniyat yodgorliklarini arxeologlar, odatda, Katakomba madaniyati bilan bogʻlaydi.