KIYEV KNYAZLIGI

KIYEV KNYAZLIGI — Kiyev yeri hududidagi qad. rus davlati (1130-y. dan).

Markazi — Kiyev sh. Qad. Rus davlatining parchalanishi jarayonida vujudga kelgan. Baʼzan Vladimir-Suzdal, Chernigov, Smolensk, Galich-Volin knyazliklari qaramligida boʻlgan; 1240-y. da moʻgʻul-tatarlar, 1362-y. dan Buyuk Litva knyazligi tomonidan zabt etilgan; 1394— 1440-y. larda Litva noiblari, 1471-y. dan voyevodalar tomonidan boshqarilgan.