KYOLN UNIVERSITETI

KYOLN UNIVERSITETI — Germaniyaning qad. va yirik oliy oʻquv yurtlaridan biri. 1388-y. tashkil etilgan. Iqtisod, ijtimoiy fanlar, huquq, tibbiyot, falsafa, tabiiy-mat. va b. ixtisosliklar buyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Un-tda 57 mingga yaqin talaba oʻqiydi. Kutubxonasida 1,5 mln. dan ortiq asar saqlanadi.