KERMADEK NOVI

KERMADEK NOVI — Tinch okeandagi chukur suv osti novi. Yangi Zelandiya o. dan shim.-sharqda. Shim. dan jan. ga tomon Kermadek o. larining sharqiy chekkasi boʻylab 1270 km masofaga choʻzilgan. Kengligi oʻrtacha 88 km. Chuq. 10047 m. Grunti gilli balchiqdan iborat.