KERETARO

KERETARO — Meksikaning markaziy qismidagi shahar, Keretaro shtatining maʼmuriy markazi. Meksika togʻligining hosildor vodiysida, 1850 m balandlikda joylashgan. Aholisi 385 ming kishidan ziyod (1990-y. lar oʻrtalari). Avtomobil yoʻllari tuguni. T. y. stansiyasi. Q. x. (donli ekinlar, dukkaklilar) rayoni markazi. Un tortish, ip gazlama, koʻn-teri korxonalari bor. K. yaqinida polimetall ruda va opal konlari topilgan. Turizm markazi. 17 — 18-a. larda qurilgan cherkovlar, saroylar saqlangan. Un-t (1765), muzey bor. Keretaro — qad. indeyslar shahri. 1531-y. da ispan konkistadorlari tomonidan egʻallangan. 1810-y. da shahar ispanlarga qarshi qoʻzgʻolon markazlaridan boʻlgan.