KEMTIK

KEMTIK — tugʻma nuqson; yumshoq tanglayda koʻp uchraydi. Embrional rivojlanish davri (homila)da tanglay oʻsiklarining oʻzaro yoki yumshoq tanglayning muskulli tuzilmasi bilan jipslashmay qolishidan yuzaga keladi; «boʻri tanglay» deb shunga aytiladi. Lab kemtigi (tirtigʻi) yuqori labning tugʻma yoriq boʻlishi, «nishon»; yuz toʻqimasida tugʻma yoriqlar boʻlishi, odatda, yuzni tashkil etuvchi embrional boʻrtmachalarning bitmay qolishi tufayli vujudga keladi.