KVANJU

KVANJU — Koreya Respublikasining jan.-gʻarbiy qismidagi shahar. Cholla-Namdo provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 1,3 mln. kishi (1995). Transport yoʻllari tuguni. Toʻqimachilik, oziq-ovqat (jumladan, tamaki mahsulotlari), harbiy, mashinasozlik, kimyo sanoati korxonalari, un-t bor.