KACHIN TILI

KACHIN TILI — kachinlar tili. Xitoy-tibet tillari oilasining tiberbirma guruhiga mansub. Myanmadagi Kachin milliy okrugi va XXRda tarqalgan. Myanmadagi Kachin tili 3 shevaga ega: gaori, shim. Kachin tili va jan. Kachin tili Xitoydagi Kachin tili ham 3 shevaga ega: kxum, padan va mungji. Ular bir-biridan fonetik va grammatik jihatdan farq qiladi. Kachin tilida 31 ta undosh va 7 ta unli tovushlar bor. K. t. da, asosan, 2 boʻgʻinli soʻzlar koʻp. 3 va 4 boʻgʻinli soʻzlar ham uchraydi. Soʻz yasashda prefikslar koʻproq qoʻllaniladi. Gaplar soʻz tartibi va sintaktik belgilari bilan ifodalanadi. Yozuvi lotin alifbosi asosida.