KATSENOVICH Aleksandr Lvovich (1897.4.5, Belorussiya — 1962.1.9, Tosh-kent) — infeksionist-terapevt, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1944), tibbiyot fanlari dri (1939), prof. (1939), Oʻrta Osiyo untining tibbiyot f-tini tugatgan (1924). ToshTI infeksion kasalliklar klinikasi dotsenti (1932—39), 1939-y. dan klinika boshligʻi. Ilmiy ishlari brutsellyoz, ich terlama kabi yuqumli kasalliklar klinikasi va davosiga oid. Oʻzbekistonda uchraydigan gemorragik isitmani birinchi boʻlib aniqlagan.