KATTA GʻUL

KATTA GʻUL, katta qoʻl — 13— 15-a. larda turk-moʻgʻul qoʻshini markazi. Bu qismga hukmdorning shaxsan oʻzi yoki uning atoqli sarkardalaridan biri qoʻmondonlik qilgan. Amir Temur qoʻshinida Katta gʻul 40 boʻluk — polkka taqsimlangan va bevosita Sohibqiron rahbarligida boʻlgan. Ushbu boʻluklarning saralangan askarlardan tashkil etilgan 12 boʻluki markazning birinchi safida, qolgan 28 boʻluki esa ikkinchi va uchinchi saflarda joylashgan. 40 boʻlukning oʻng tarafi oldida Amir Temur farzandlari va nabiralari qismlari, soʻl tarafi oldida esa oliy bosh qoʻmondon qarindoshlari va ittifoqchilari qismlari saf tortgan. Bu qismlar qoʻshinning boshqa qismlariga istagan paytda koʻmak berishga shay turgan. Sohibqiron qoʻshinida, shuningdek, kichik qoʻllar ham mavjud boʻlib, ular oʻng qanot va soʻl qanotning markazida joylashgan.

/id.: N i z o m i d d i n Shomiy, Zafarno-ma, T., 1996; Dadaboyev H., Amir Temurning harbiy ma\orati, T., 1996.