KATTA TEATR, Rossiya davlat akademik katta teatri — opera va balet sanʼati sohasidagi Rossiyaning yetakchi teatri, jahon musiqali teatri madaniyatining yirik markazlaridan. 1776-y. Moskvada tashkil topgan. 1806-y. dan davlat teatri, 1919-y. dan «akademik teatr». K. t. tarixi rus musiqali teatrining rivojlanishi, rus opera va balet ijrochiligi sanʼatida milliy anʼanalarning karor topishi b-n uzviy bogliq. Dastlab ilk rus operalari (V. Pashkevich va b.) hamda Fapbiy Yevropa kompozitorlari (J. Pergolezi va b.)ning mashhur asarlari qoʻyilgan. Katta teatr rivoji va vokal-sahna sanʼati badiiy-realistik omillarining shakllanishida, ayniqsa M. Glinka va A. Dargomijskiy, keyinchalik, M. Musorgskiy, N. Rimskiy-Korsakov, A. Borodinlarning operalari tarixiy bosqich boʻldi. P. Chaykovskiyning opera va baletlari ijrochilik madaniyati rivojida ulkan ahamiyat kasb etdi. G. Ulanova, M. Pliseskaya, Ye. Maksimova, V. Vasilyev, M. Liyepa kabi balet ijrochilarining sanʼati Katta teatrga katta shuhrat keltirgan. Opera xonandalik sanʼatiga N. Obuxova, I. Kozlovskiy, S. Lemeshev, I. Arxipova, Ye. Obrazsova, V. Atlantov, 3. Sotkilava va b. katta hissa qoʻshgan.
Katta teatr ijodiy hayotining ayrim bosqichlari oʻzbek opera va balet sanʼati rivoji bilan bogʻliq. Jumladan, 20-y. lardayok, A. Nejdanova, L. Sobinov, A. Pirogov singari mashhur yakkaxonlar Toshkentda gastrolda boʻlgan. Keyinchalik A. Baturin, P. Lisitsian, A. Krivchenya va b. xonandalar, R. Struchova, M. Pliseskaya, N. Pavlova, M. Liyepa kabi solistlari Navoiy nomidagi opera va balet teatri spektakllarida bosh rollarda chiqishgan. 1968-y. K. t. ijodkorlari Oʻzbekistonda gastrolda boʻlgan. Bundan tashqari M. Pliseskaya, N. Rijenko, V. Smirnov-Golovanov va rassom V. Levental Toshkentda R. Shchedrinning «Anna Karenina» va Yu. Papko U. Musayevning «Afsonalar vodiysi» (1977) baletlarini sahnalashtirishgan.
Katta teatr sahnasida 1926-y. da M. Qoriyoqubov boshchiligidagi Oʻzbek konsert-etnografik ansambli konsertlar bergan, Navoiy nomidagi opera va balet teatri bir necha bor (1937, 1950, 1959, 1964, 1973, 1981, 1983, 1986-y. lari) oʻz repertuaridagi spektakllarni namoyish etgan. Katta teatr truppasi U. Musayevning «Hind dostoni» baletini sahnalashtirgan (1981).
Katta teatr binosi 1821—24 y. larda (meʼmor O. Bove, V. Mixaylov loyihasi boʻyicha) qurilgan, 1853-y. da unga oʻt tushib, 1856-y. da qayta tiklangan (meʼmor A. Kavos); besh yarusli tomosha zali 2150 oʻrinli, akustik jihatdan niqoyatda sifatli, 1961-y. dan Katta teatr spektakllari parallel ravishda Kreml syezdlar saroyida ham qoʻyilmokda.