KATTA NOʻGʻAI OʻRDA

KATTA NOʻGʻAI OʻRDA — 16-a. 2-yarmida Noʻgʻay Oʻrdadan ajralib chiqqan noʻgʻaylar davlati. Volgadan Ural daryosigacha choʻzilgan Kaspiy boʻyidagi hududni egallagan. Moskvaga vassal boʻlgan. 1634-y. Volganing oʻng qirgʻogʻiga oʻtib Kichik Noʻgʻay oʻrdasida koʻchmanchilik tarzida hayot kechirishgan.