KATETER

KATETER (yun. katheter — nay) — nay shaklidagi tibbiy asbob; kovak tomirlar, nafas va siydik yoʻllari, limfa tomirlari va b. ga yuborib, ularni kateterlash uchun qoʻllaniladi. Yoʻgʻonligi har xil metall, rezina, sintetik Kateter bor. Turli maqsadda ishlatilishiga koʻra, qon tomir K. i (arterial, venoz, limfa yoʻllari), siydik hamda nafas yoʻli, shuningdek, bronx K. lari farq qilinadi. Kateterni ishlatishdan oldin, albatta, maxsus usullar bilan zararsizlantiriladi (q. Sterillash). Kateterdan koʻpgina davolash hamda tekshirish maqsadlarida foydalaniladi. Siydik yoʻlini kateterlash maxsus malaka talab etadi.