KASTRI

KASTRI — Sent-Lyusiya davlati poytaxti. Sent-Lyusiya o. ning shim.-gʻarbida joylashgan. Aholisi 54,6 ming kishidan ziyod (1990-y. lar oʻrtalari). Dengiz porti (chetga banan, kakao, kokos yongʻogʻi va b. chikariladi), aeroport bor. Q. x. mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalar mavjud. Limon sharbati, rom, shakar va b. oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqariladi.