KASTOR

KASTOR — Quyoshning yillik koʻrinma yoʻli sohasi (zodiak soha) da joylashgan Javzo yulduz turkumining alfasi. Mazkur yulduz turkumida joylashgan ikki yorugʻ yulduzdan biri. Koʻrinma yulduz kattaligi 2 ga teng.