KAROLINA OROLLARI

KAROLINA OROLLARI — Tinch oke anning gʻarbiy qismidagi arxipelag, Mikroneziyaaa. Mikroneziya Federativ shtatlari (Markaziy va Sharqiy Karolina o. lari: Kosraye, Ponpey, Truk, Yap o. lari) va Palau Respublikasi tarkibiga kiradi. Rasmiy tili — ingliz tili. K. o. 1 —10° sh. k. va 131 — 163° shq. u. oraligʻida joylashgan 936 vulkan oroli va atollardan iborat. Quruqlik qismining mayd. 1320 km2 ga yaqin. Barcha yirik orollari (eng baland joyi 791 m) vulkan harakati natijasida vujudga kelgan boʻlib, marjon riflari bilan oʻralgan. Fosfat konlari bor. Iqlimi ekvatorial va subekvatorial iqlim-Yillik yogʻin 2250 mm dan 3000—4500 mm gacha, Kusais o. da 6000 mm. Karolina orollari — tayfunlar (yiliga oʻrtacha 25 tagacha) vujudga keladigan joy. Vulkan orollarida doim yashil tropik oʻrmonlar va savannalar bor; marjon orollarida asosan, kokos palmasi va pandanus daraxti oʻsadi. Mahalliy aholi tropik dehqonchilik, baliq ovlash va chorvachilik bilan shugʻullanadi. Karolina orollarini 1528-y. da ispan dengizchisi Saavedra kashf qilgan. Ispaniya qiroli Karl II nomi bilan atalgan.