KARNAYCHI KUSHLAR (Psophiidae) – turnasimonlar turkumining bir oilasi. Ogʻirligi 1 —1,5 kg. Oyogʻi uzun, tumshugʻi qisqa, baquvvat. Patlarining rangi koʻproq qoramtir baxmalsimon. Jan. Amerikaning shim. qismida yashaydi. 1 urugʻ va 3 turi bor. Daraxtlarning shoxlari va kovaklariga uya quradi. 5 — 7 ta oq rangli tuxumlarini modasi bosadi. Sernam oʻrmonlarda gala boʻlib yashaydi. Yerda tez chopadi, kam uchadi. Mevalar, har xil hasharotlar, xususan, chumolilar va ikki qanotlilar bilan oziqlanadi. Karnaychi kushlar q – uy parrandalariga tez oʻrganadi. Tutqunlikda koʻpayishi ham mumkin. Goʻshti mazali boʻlgani tufayli aholi yashaydigan yerlarda qolmagan.
KAPHAK, Ipet-Isut – qad. Misr ibodatxonalar xarobasi. Qad. Fiva hududidagi arab qishlogʻi nomi bilan atalgan. Misr davlatining yangi podsholik davri (mil. av. 1580—1085-y. lar) da qurilgan ibodatxonalar qoldiqlari saqlangan (mil. av 16—11-a. lar). Ibodatxonalar murakkab tarkibi, hashamatli meʼmoriy tuzilishi bilan ajralib turadi. Amon-Ra ibodatxonasi (mil. av. 16—12a. lar)dagi 134 kolonnali katta zali, koʻndalangiga turli davrlarda qayta qurilgan katta va kichik zallar, hovlilar diqqatga sazovor. Bu zal devorlarida firʼavnlarning urushdagi gʻalabalari tasvirlangan (meʼmori Aminxotep Kichkina). Amon-Ra ibodatxonasi majmui b-n maʼbuda Mut ibodatxonasi (mil. av. 16—15-a. lar)ni mashhur sfinkslar xiyoboni birlashtirib turadi. Hozir Karnaychi kushlar muzeyga aylantirilgan. YUNESKO tomonidan muhofaza qilinadi.
Karnak. Ammon-Ra ibodatxonasi.