KARL XII

KARL XII (1682.17.6, Stokgolm-1718.30.11, Frederiksxall, Norvegiya) — Pfals-Svaybryukken sulolasidan boʻlgan Shvetsiya qiroli (1697-y. dan), sarkarda. Shimoliy urush (1700 — 21) boshlarida bir kancha yirik gʻalabalarga erishgan, lekin Rossiyaga bostirib kirishi (1708) uning Poltava jangi (1709) dagi magʻlubiyati bilan tugagan; Turkiyaga qochgan, 1715-y. da Shvetsiyaga qaytgan. Norvegiyaga qilingan bosqinchilik yurishi paytida oʻldirilgan.