KARKUK

KARKUK — Iroqning shim.-sharqiy qismidagi shahar, Kurdistonda. Taomim muhofazasining maʼmuriy markazi. Aholisi 420 ming kishi chamasida. Avtomobil yoʻllari tuguni, t. y. stansiyasi. Neft qazib chiqariladigan yirik r-n markazi. Bu yerdan neft quvurlar orqali Tripoli (Livan) va Banias (Suriya) portlariga yuboriladi. Toʻqimachilik, koʻn poyabzal, kimyo, oziq-ovqat sanoati korxonalari, neftni qayta ishlash z-di bor