KARIMOV

KARIMOV Turgʻun Aʼzam oʻgʻli (1916 — Toshkent — 1969.9.11) — xonanda, Oʻzbekiston xalq hofizi (1950). Ashula sanʼati yoʻllarini Yu. Rajabiy va A. Haydarovayan oʻrgangan. Oʻzbekiston radioqoʻmitasi (1935 — 42 va 1947—53), Oʻzbek davlat filarmoniyasi (1942—47) hamda Oʻzbek davlat estradasi (1953 — 59)da xonanda. Katta Fargʻona kanali, Farhod GES, Kattaqoʻrgʻon suv ombori qurilishlarida qatnashgan. Repertuaridan oʻzbek mumtoz va xalq ashulalari — «Ushshoq», «Buxoro Irogʻi», «Oh kim, rahm aylamas», «Oromijon», «Ul parivash» hamda zamonaviy bastakorlar asarlari urin olgan: «Raʼnolanmasun», «Qadah» (Yu. Rajabiy), «Bormikin» (J. Sultonov), «Soʻlim» (I. Ikromov), «Qorabayir» (F. Sodiqov), «Istadim» (F. Toshmatov) va b. Shuningdek, A. Xay-darov, O. Imomxoʻjayevlar bilan hamnafaslikda «Fargʻonacha shahnoz», «Hanuz», «Fargʻonacha jonon», «Chaman yalla», «Oʻlmasun» (J. Sultonov) kabi ashulalarni mahorat bilan ijro etgan.