KARIB AND TOGʻLARI

KARIB AND TOGʻLARI — Venesuela shim. dagi togʻlar. Karib dengizi sohili boʻylab 800 km ga choʻzilgan. And togʻlarining eng past qismi. Asosan, metamorfik, granit intruziyalari va effuziv chukindi jinslardan tuzilgan. Tez-tez zilzila bulib turadi. Markazidagi buylama soylik K. A. t. ni Shim. Sohilbuyi Kordilyerasi (bal. 2765 m gacha) va Serraniya-del-Interyor jan. ichki tizmasiga (bal. 2600 m gacha) ajratib turadi. Togʻ etaklarida neft va gazning yirik konlari bor. Quyi mintaqa yon bagʻirlarida kserofit oʻrmonlar va butalar oʻsadi, 900 — 1000 m dan boshlab barg toʻkuvchi va doim yashil oʻrmonlar bilan qoplangan. Bir necha milliy park tashkil etilgan.