KARDIOLOGIYA MARKAZI

KARDIOLOGIYA MARKAZI — Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga qarashli i. t. muassasasi. Toshkent sh. da joylashgan. 1976-y. Tosh-TI tarkibida i. t. instituti sifatida tashkil etilib, 1978-y. da mustaqil in-t boʻlib ajralib. chikdi, 1999-y. dan shu nomda. Markaz ilmiy va amaliy faoliyatining asosiy yoʻnalishlari — gipertoniya, yurakning ishemik kasalligi, miokard infarkti, kon aylanishi yetishmovchiligi kabi kasalliklarning kelib chiqishi va oʻziga xos kechish xususiyatlarini oʻrganish; ularning diagnostikasi, oldini olish va davolash usullarini ishlab chiqish; Oʻzbekistonda kardiologiya muammosi bilan bogʻliq masalalarga rahbarlik qilish va boshqarish, respublikada kardiologiya xizmatini tashkil etish; yuqori malakali ilmiy va amaliy kardiolog mutaxassislar tayyorlash va b. dan iborat. Markazda 2 ilmiy guruh, 9 lab., 101 oʻrinli klinik kasalxona bor. Shuningdek, poliklinika va bemorlar kunduzi qatnab yotib davolanishlari mumkin boʻlgan ambulatoriya (SKAL) ishlab turibdi. Markazda 70 ga yaqin ilmiy xodim, jumladan 10 fan d-ri va 30 fan nomzodi xizmat qiladi (2002). Kardiologiya markazida d-rlik va nomzodlik dissertatsiyalari qimoyasi boʻyicha maxsus ilmiy kengash faoliyat koʻrsatadi (1990-y. lardan). Markaz olimlari (R. Qurbonov, A. Xujayev, R. Mamutov, A. Kurmukov, G. Qiyoqboyev va b.) oʻtkir miokard infarkti bilan ogʻrigan bemorlarni bosqichmabosqich sogʻlomlashtirish, kardiologik yordam koʻrsatishning yangi shakli — maxsus ambulatoriya davolash kursi (MADKSKAL) hamda yurak kasalligining dolzarb masalalari boʻyicha koʻpgina ilmiy – amaliy anjumanlarda qatnashib keladi. Yurak kasalliklarini mahalliy xom ashyodan tayyorlangan dorilar (allapinin, aklezin, glirofam, oligvon, kavergal) b-n davolash yoʻl-yoʻriqlarini ishlab chiqib amaliyotga tadbiq etadi. Markaz ilmiy toʻplam, monografiya, darslik va turli qoʻllanmalar chop etadi, ixtirolar qiladi.

Ravshanbek Kurbonov.