KARDANLI MEXANIZM

KARDANLI MEXANIZM — birbiriga nisbatan oʻzgaruvchan burchak ostida joylashgan ikki valning aylani-shini taʼminlaydigan mexanizm. Italiyalik olim J. Kardano nomi bilan atalgan. Bikr (qattiq) va elastik (qayishqoq), sinxron va asinxron xillari bor. Bikr Kardanli mexanizmda vallar zvenolari qoʻzgʻaluvchan qilib biriktirilganligi uchun aylanadi; elastik Kardanli mexanizmda vallar maxsus elementlari elastik holatga ega boʻlgani uchun aylanadi; sinxron Kardanli mexanizmda vallar oʻzgarmas tezlikda; asinxron Kardanli mexanizmda vallar oʻzgaruvchan tezlikda aylanadi. Vallari oʻq boʻylab suriladigan Kardanli mexanizm xam boʻladi. Transport mashinalarning kardanli uzatmalarida stanoklar, asboblar va b. da qoʻllaniladi.