KARBAMIN KISLOTA

KARBAMIN KISLOTA, H2NCOOH — karbonat kislotaning amidi. Mol. m. 61,04. Erkin xrlda uchramaydi. Hosilalaridan Karbamin kislota efirlari (uretanlar), amidi (mochevina), gidrazidi (semikarbazid), tuzlari (karbamatlar) va galogen angidridlari maʼlum. Mas, ammoniy karbamat (H2NCOONH4) — gigroskopik kristall modda. Suvda, etanolda yaxshi, suyuq ammiakda yomon eriydi. 59° da karbonat angidrid (SO2) va gaz holatdagi ammiak (NH3)ra parchalanadi. SO2 va NH3 ni oʻzaro taʼsir ettirib olinadi. Karbamatlar olishda ishlatiladi. Karbamin kislota xlorangidridi (karbamoilxlorid) H2NCOC12 — suyukqik, qaynash t-rasi 61—62° (ajralish b-n); saqlanganda sianur kislota va HClra ajraladi. Ammoniy xlorid yoki ammiakka fosgen taʼsir ettirib olinadi, mas.,ЫN4S1 + SOS12 – ^ NH2COC1 + 2HC1. Organik birikmalarga CONH2 guruhini kiritish uchun qoʻllaniladi.