KARATE

KARATE, karate (yaponcha — hech narsasiz qoʻl b-n) — qurolsiz oʻzini-oʻzi himoya qilish, inson tanasining nozik joylariga qoʻl yoki oyoq bilan zarbalar berishga asoslangan sport kurashining bir turi. Karatening hoz. qoidalari 20-a. ning boshlarida yaponcha jiujitsu yakkakurashini takomillashtirish asosida shakllangan. Uning dastlabki usul va qoidalarini G. Funakosi (1869 — 1957, Yaponiya) ishlab chiqqan. Karate chilar 8X8 m tatamida yakkama-yakka yoki jamoa boʻlib musobaqalashadi, bajarilgan zarba usullariga qoʻyilgan baholarga qarab gʻoliblar aniqlanadi. Xalqaro Karate federatsiyasi (WUKO)ra 1968-y. da asos solingan. U 157 milliy federatsiyani birlashtiradi (2002), Oʻzbekiston milliy Karate federatsiyasi unga 1996-y. kirgan. 1970-y. dan jahon chempionatlari oʻtkazib kelinadi (har 2 y. da). K. Osiyo, Lotin Amerikasi mamlakatlari, AQSH, Ispaniya, Fransiya va b. davlatlarda taraqqiy etgan. Oʻzbekistonda Karate 20-a. ning 80-y. laridan ommalasha boshladi. 1995-y. da respublika K. chilari bitta federatsiyaga birlashdi (K. da 4 ta yoʻnalishda musobaqalar uyushtiriladi). Federatsiyaning barcha viloyatlarda boʻlimlari bor. Oʻzbekistonda 60 mingdan koʻproq kishi Karate bilan shugʻullanadi, 40 dan ziyod Karate klublari roʻyxatdan oʻtgan (2002). Nurxon Nafasov, Alisher Sodikrv, Mixail Golovanov kabi tajribali murabbiylar qoʻl ostida shugʻullangan Ilhom Karimov, Otabek Qosimov, Sofiya Kaspoʻlatova, Doniyor Xolmatov, Azamat Ali Qalandarov singari Karate chilar jahon kubogi va Osiyo chempionatlarida sovrinli oʻrinlarni egallashgan.