KANSEROGEN MODDALAR

KANSEROGEN MODDALAR (lot. cancer — rak va genes — keltirib chiqarmoq) , kanserogenlar, onkogenn moddalar — maʼlum sharoitda organizmga taʼsir qilganda rak va b. oʻsmalar paydo qiluvchi kimyoviy moddalar. 500 ga yaqin xili maʼlum. Politsiklik uglevodorodlar, azoboʻyoqlar, aromatik aminlar, nitrozaminlar, ogʻir metall tuzlari, alkaloidlar, toksinlar va b. K. m. ga kiradi. Ularning koʻpchiligi mutagenlar va immunodepressantlardir. Kanserogen moddalar odam va hayvon organizmiga tashqaridan kirishi (ekzogen Kanserogen moddalar) yoki organizmning oʻzida kanserogen boʻlmagan moddalardan paydo boʻlishi (endogen Kanserogen moddalar) mumkin. Baʼzi endogen mahsulotlar (steroid gormonlar, triptofan metabolitlar va b.) koʻp toʻplansa yoki si-fati oʻzgarsa, ular ham Kanserogen moddalar xossasiga ega boʻladi.