KANTXO

KANTXO — Vyetnamning jan. qismidagi shahar. Mekong daryosi deltasidagi port. Xauzyang provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 216 ming kishidan ziyod (1990-y. lar oʻrtalari). Sholichilik r-nining markazi. Sholi oklanadi, kokos moyi ishlab chiqariladi; sovungarlik, tamaki korxonalari bor.