KANTILENA (lot. cantilena – kuylash) — 1) ravon va ohangdor rivojiga asoslangan vokal yoki cholgʻu kuyi;
2) musiqa asari ijrosida kuychanlikning yetakchi omil boʻlib chiqishi;
3) 17-a. oxiridan ohangdor kuy va ashulalar turi.