KANOPUS

KANOPUS — Kema kuyrugʻi yulduz turkumining eng yorugʻ yulduzi. Ravshanligi (1-yulduz kattaligida) boʻyicha osmonning Shim. yarim sharidagi eng yorugʻ yulduzi siriusdan (katta it yulduz turkumida) keyin turadi. Osmonning Jan. yarim sharida joylashganligi uchun Oʻzbekiston hududidan koʻrinmaydi.