KANIFOL

KANIFOL (Kichik Osiyodagi Kolofon sh. nomidan olingan) — ignabargli daraxtlarning qattiq smolasimon tarkibiy qismi. Moʻrt, shishasimon, och sariq rangdan toʻq jigarranggacha boʻlgan shaffof smola. Suyuklanish t-rasi 100—140°, qaynash t-rasi 250°, yumshash t-rasi 40—75°, kristallanish t-rasi 95-110°, zichligi 1,07—1,09 g/sm3. Tarkibida 60—92% smolasimon kislotalar (asosan, abiyetin kislota), 0,5 — 12% toʻyingan va toʻyinmagan yogʻ kislotalar, 8—20% neytral moddalar (seskvidivatriterpenoidlar) boʻladi. Mineral va organik asoslar taʼsirida tuzlar (kanifol sovun), mas, C|9H2,COONa hosil qiladi. Spirtlar bilan (koʻp atomlilari bilan osonroq) kanifol efirlarini beradi. Kanifolni metallarning oksidlari (ZnO,CaO, A12O3, VaO va b.) bilan qoʻshib qizdirilsa, sikkativ sifatida qoʻllaniladigan rezinatlar hosil boʻladi. Kislorod taʼsirida oson oksidlanadi. Kanifol sintetik kauchuk, lateks, bitum emulsiyalari i. ch. da emulgator, yelim komponenti, sovun i. ch. da yogʻlarga qoʻshimcha (10% gacha) sifatida qoʻllaniladi. Kalsiyli, ruxli, alyuminiyli, marganesli va kobaltli tuzlari — sikkativlar.