KANDI

KANDI (singal tilida Maxa-Nuvara — buyuk shahar) — Shri Lankadagi shahar. Maxaveli-Gang daryosi boʻyida. Markaziy provinsiyaning maʼmuriy markazi. Axolisi 105 ming kishidan ziyod (1990-y. laroʻrtalari). T. y. stansiyasi. Kandi — choy plantatsiyalari r-nining muhim markazi. Q. x. mahsulotlari qayta ishlanadi. Hunarmandchilik rivojlangan (bronzadan turli buyumlar yasaladi). Buddizm diniga eʼtiqod qiluvchilar ziyoratgohi: Zuba (Dalada Maligava) xrami, 13—18-a. larga oid saroy va monastirlar sak,langan. Kandi yaqinida, Peradeniyada botanika bogʻi va Davlat un-tining bir necha fti bor. K. 15-a. dan 1815-y. gacha soʻnggi mustaqil singal davlati poytaxti boʻlgan. 12, 14, 18—19-a. larda kurilgan meʼmoriy yodgorliklar saqlangan. Milliy muzey bor.