KANDALOV Innokentiy Ivanovich [1891.21.1(2.2), Yeniseysk – 1962.30.9, Moskva] — gidrotexnik olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1952), prof. (1952), texnika fanlari dri (1962). Petrograd politexnika in-tini tugatgan (1917). Volxov GES qurilishida (1919—27), Dneproqurilish (1927— 33), Chirchiqqurilish, Svirqurilishda (1933—49), Moskva energetika in-tida (1949-y. lan) ishlagan. Asosiy ilmiy ishi gidrotexnik qurilishni tashkil etish masalalariga bagʻishlangan.