KANARYOV Viktor Pavlovich

KANARYOV Viktor Pavlovich (1907.10.3, Qoʻqon — 1965) — 2-jahon urushi qatnashchisi. 1927-y. dan Harbiy dengiz flotida. 1929-y. Harbiy dengiz aviatsiya bilim yurtini, 1936-y. Oliy uchish-taktika maktabini tugatgan. 1941-y. dan frontda. 5-gvardiyachi aviatsiya polki (Harbiy havo kuchlari Qora dengiz flotining 1-mina torpeda aviatsiya diviziyasi) komandiri. U komandirlik qilgan polk jangda katta jasorat koʻrsatgan. 1944-y. 16-mayda gvardiyachi podpolkovnik K. Qahramon unvoniga sazovor boʻlgan. Urushdan soʻng Harbiy dengiz floti aviatsiyasida xizmatni davom ettirgan. 1961-y. dan isteʼfoda. Qoʻqondagi koʻchalardan biriga uning nomi berilgan.