KANALAR

KANALAR (Acarina) — oʻrgimchaksimonlar sinfiga mansub mayda boʻgʻimoyoqlilar. 3 turkumga boʻlinadi: akariformli Kanalar (Acariformes), parazitformli Kanalar (Parasitiformes) va pichanoʻrar Kanalar (Opiliocarina). Tanasi tuxumsimon yoki choʻziq (uz. 0,1—0,30 mm), aksariyati boʻgʻimlarga boʻlinmagan. Tanasi, odatda, 2 kiyem: ogʻiz apparati joylashgan oldingi — giatosoma va oyoqlari joylashgan orqa qism — idiosomadan iborat. Kanalar hasharotlardan 4, baʼzilari esa 2 juft oyoqlari boʻlishi, tanasining bosh, koʻkrak va qorin qismga boʻlinmasligi, moʻylovlari boʻlmasligi b-n farqlanadi. Tanasi yashash sharoitiga koʻra, tiniq yoki juda zichlashgan muskulli qoplamga ega. Barcha Kanalar ayrim jinsli boʻlib, koʻpchiligi tuxum qoʻyib koʻpayadi. Oziqlanish tipiga qarab 3 guruhga boʻlinadi: oʻsimlikxoʻrlar, yirtqich Kanalar va parazit K. Baʼzi Kanalar oʻsimlik qoldiqlari b-n (saprofaglar) oziqlanib, tuproq hosil boʻlish jarayonida muhim rol oʻynaydi (mas., Oribalidae oilasiga mansub qalqonli Kanalar va AcaroideaHHHr vakillari); boshqalari oʻsimlik shirasi bilan (fitofaglar) oziqlanib, q. x. ekinlariga katta zarar keltiradi (maye., Tetranychidae oilasining turlari); ayrimlari sodda zamburugʻlar bilan oziqlanadi (mikofaglar) hamda parazit Kanalar hayvonlari va odamga zarar yetkazadi (Ixodidae, Argasidae, Dermanyssidae va b. oiladagi Kanalar). Tabiatda zararli Kanalar b-n bir katorda foydalilari ham (entomofag Kanalar) boʻlib, q. x. zararkunandalarining koʻpayishiga toʻsqinlik qiladi.

Oʻsimlikxoʻr Kanalar ikki: sarkoptiformli Kanalar (Sarcoptifomes) hamda trombidiformli Kanalar (Trombidiformes) kenja turkumga boʻlinadi. Sarkoptiformli Kanalardan ombor K. ning 2 oilasi: un Kanalar va tukli Kanalarning vakillari katta zarar keltiradi (q. Ombor zararkunandalari). Trombidiformli Kanalar kenja turkumiga oʻsimlikning oʻsish va rivojlanish davrida shirasini soʻrib zarar keltiradigan Kanalar kiradi. Q. x. ekinlariga, ayniqsa, oʻrgimchakkanalar oilasining turlari, jumladan, oʻrgimchakkana juda koʻp zarar yetkazadi. Briobindlar oilasiga mansub eng yirik (2 mm gacha) va serharakat Kanalar faqatgina oʻsimliklarga zarar keltirib qolmay, balki odamlar yashaydigan joylarga kirib, zahira oziqovqatlarni xam ifloslantiradi. Qoʻngʻir meva kanasi — ashaddiy zararkunandadir. Oʻrta Osiyo jan. da yassi tanali Kanalar (Tenuipalpidae) oilasining vakillaridan meva yassi tanali kanasi zararlidir. Har xil tirnoqli Kanalar oilasi (Tarsonemidae) HHHr koʻpgina turlari oʻsimliklar bilan oziqlanadi, ammo yirtqich hamda saprofaglari ham mavjud. Eng zararkunandasi — yertut kanasidir. Qorindor Kanalar oilasiga (Pycmotidae) tirik tugʻish xarakterli. Ularning barcha rivojlanish fazalari ona qornida oʻtadi; qorni sharsimon shishib, 100—500-martagacha kattalashish xususiyatiga ega. Bu oilaga mansub don K. bugʻdoy, suli, javdar, arpa va boshoqli oʻtlarga vegetatsiya davrida zarar yetkazadi. Qorindor Kanalar zahiralarga zarar keltiruvchi hasharotlar qurtida parazitlik qiladi; ular odam tanasiga tushsa, teri kasalligi — pichan qichimasini vujudga keltiradi. Toʻrt oyoqli Kanalar yoki shish paydo qiluvchi Kanalar (Eriophyidae) oilasining vakillari oʻsimlik bilan oziqlanib, uning shakli, barg hamda mevalari rangini oʻzgartiradi, kurtaklarni nobud qiladi. Baʼzi turlari oʻsimliklar ustida erkin yashaydi, boshqalari esa shish paydo qiladi.

Yirtqich Kanalar — parazitformli va akariformli Kanalar turkumlarining vakillaridir. Mevali daraxtlar bargida, tut, tok, gʻoʻza, beda va sabzavot ekinlarida, begona oʻtlar hamda oʻsimlik qoldiqlarida yashaydi. Serharakat. Oʻrgimchakkana tuxumi, lichinkalari, nimfasi va voyaga yetgan individlari, yassi tanali Kanalar va b. mayda boʻgʻimoyoqlilar bilan oziqlanadi. Oʻrta Osiyoda keng tarqalgan boʻlib, 11 oilaga mansub 50 ga yaqin turi maʼlum. Koʻpincha, ekinzor dalalarida va unga yondosh yerlardagi begona oʻtlarda uchraydi. Oʻsimlikxoʻr Kanalar kabi ular ham toʻkilgan barglarda, daraxt poʻstloqlari yoriqlarida, toʻshamalarda va b. oʻsimlik qoldiqlarida qishlaydi. Sutkalik oʻrtacha harorat 10° dan yuqori boʻlganda qishlov joylaridan chiqadi. Sugʻorma dehqonchilik agrobiotsenozida, asosan, begona oʻtlar hamda tut daraxtlarida toʻplanadi. Gʻoʻzaga may oxiri — iyun boshlarida oʻrgimchakkanadan soʻng oʻtadi. Ularning mavsumiy rivojlanish davri bir xilda boʻlib, bu yirtqich Kanalarning oziqlanishi uchun yaxshi sharoit yaratadi. Oʻsimlikxoʻr zararkunanda Kanalarga qarshi biologik himoya usulida yirtqich Kanalardan foydalanish mumkin. Eng faol yirtqich Kanalar fitoseid va b. oilaga mansub turlardir. Ular issiqxonalarda yetishtiriladigan bodringlardagi hamda bogʻ va tokzorlardagi oʻrgimchakkanalarga qarshi qoʻllaniladi.

Parazit Kanalar ikki kenja turkum — Mesostigmata va IxodidesHH oʻz ichiga olgan parazitformli Kanalar turkumining vakillaridir. Bular q. x. hayvonlari (qoramol, choʻchqa, parrandalar) hamda odamdagi yuqumli kasalliklar qoʻzgʻatuvchilarining manbai va tarqatuvchilari. Ixodidae, Argasidae, Dermanyssidae oilalarining vakillari eng zararli Kanalar dir. Koʻp turlari nobud boʻlgan oʻsimlik qoldiklaridan iborat toʻshamalarda yoki yaylovlardagi oʻtlarning ildiz-boʻgʻzi qismida yashirin hayot kechiradi. Kamharakat boʻlib, katta maydonlarga faol tarqala olmaydi. Kanalarga qarshi akaritsidlar va biologik himoya usulidan foydalaniladi.

Ad.: Al i muxamedov S. N. i dr. Vrednыye i poleznыye kleщi Sredney Azii, T., 1982. Sulton Alimuhamedov.