KAMCHIQ DOVONI

KAMCHIQ DOVONI — Qurama tizma togʻlarida, Toshkent va Namangan viloyatlari chegarasida joylashgan. Bal. 2269 m, shim.-gʻarbda Kuindi tizmasi (1874 m) va jan.-sharkda Sulukota (2334 m) tizma togʻlarining tutashgan joyida. Dovon trias davrining konglomerat, qumtosh, alevrolit qatlamlarl ustida yotuvchi kvarsli porfir, tuf, lavali jinslardan tashkil topgan. Relyefi kuchli parchalangan, yon bagʻirlari tik. Tub jinslar yalangʻoch. Dovondan Toshkent—Oʻsh avtomobil yoʻli oʻtgan. Dovondan qadimda Buyuk ipak yoʻlining shim. tarmoqlaridan biri oʻtgan. Keyingi asrlarda ham savdo karvonlarining qatnovi toʻxtamagan. 1990-y. lar oxirida respublikada avtomobil transportining rivojlanishi munosabati bilan dovondan oʻtuvchi yoʻl jahon andozalariga moslab taʼmirlandi. Jami uz. 2,5 km boʻlgan Rezak va Kamchikda zamonaviy tunnel inshootlari ishga tushirildi. Endilikda dovonda transport harakati yil davomida xavfsiz boʻlishi uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan.