KAMCHADALLAR

KAMCHADALLAR — Kamchatka tub aholisi — itelmenlarning (18-a. dagi) nomi; soʻngra — itelmen, koryak, chuvanlarning ruslar bilan qoʻshilib ketgan avlodlari. Kamchadallar rus tilida gaplashadi. Kamchadallar baliq ovlash, ovchilik, polizchilik va chorvachilik bilan shugʻullanadi. Dindorlari — pravoslavlar.