KAMENEV Boris Dmitriyevich (1912.7.7, Orenburg – 1957.2.10, Nukus) — teatr rassomi. Oʻzbekistonda (1957) va Qoraqalpogʻistonda (1944) xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi. 20-y. lardan Toʻrtkoʻl sh. da yashagan. 1933-y. dan Qoraqalpoq davlat teatrida rassom, 1943-y. dan bosh rassom. K. krraqalpoq teatrining shakllanishiga hissa qoʻshgan. U teatr spektakli ruhiga mos muhitni yorqin va aniq, maishiy hayotni real aks ettirgan dekoratsiyalar yaratishga intilgan. «Suymaganga suykanma» (1945, yangi varianti — 1956), «Amudaryo sohilida» (1949), «Amerika ovozi» (1950), «Berdaq» (1951), «Oʻgʻirlangan baxt» (1954), «Oshiq Gʻarib» (1955) va b. spektakllarni bezadi; portretlar (akad. Sh. Musayev, 1950; baxshi J. Shomuratov, 1953; shoir Berdaq, 1957) yaratgan. Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston Davlat mukofoti laureati (1967).