KAMBA

KAMBA, akamba — Keniyadagi xalq. Bantu xalklari guruhiga kiradi. Umumiy soni 3,25 mln. kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Akamba tilida soʻzlashadi. Negroid irqiga mansub. Dindorlari xristian-katoliklar, shuningdek, anʼanaviy diniy eʼtiqodlar ham mavjud.