KALSIY KARBONAT, SaSO, — karbonat kislotaning kalsiyli tuzi. Rangsiz kristall modda. Tabiatda ikkita minerali: kalsit (boʻr, ohaktosh, marmar holida) va aragonit keng tapqalgan. Suvda yomon, kislotalarda yaxshi eriydi. Qizdirilganda suyuqlanmasdan kalsiy oksid (SaO) va karbonat angidridga (SO2) parchalanadi. Tabiiy Kalsiy karbonat ohak, shisha, linoleum olishda, kalsiyning boshka birikmalarini sintez qilishda ishlatiladi. Sintetik usulda kalsiy xlorid va sodani oʻzaro taʼsir ettirish yuli bilan olingan Kalsiy karbonat qogʻoz va rezina i. ch. da toʻldiruvchi sifatida, shuningdek, tish poroshogi va kosmetik preparatlar tayyorlashda qoʻllaniladi.