KALTAMINOR KOʻLI

KALTAMINOR KOʻLI — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Toʻrtkoʻl tumanidagi koʻl. Toʻrtkoʻl sh. dan 18 km shim.-sharqda. Maydoni 600 ga. Oʻrtacha chuq. 0,7 m. Kaltaminor kanali suvi va oqova suvlar toʻplanishidan hosil boʻlgan. Atrofi qum tepalari b-n oʻralgan. Suv sathi oʻzgarib turadi. Koʻlda qoʻgʻa, qamish, sohilida yulgʻun, saksovul oʻsadi. Bir necha xil baliq bor. Koʻl yonidan neolit davriga oid Kaltaminor madaniyati topilgan.