KALORIFER

KALORIFER (lot. calor — issiqlik va fero — eltaman) — ventilyatsiya, havo b-n isitish tizimlari va quritgichlarda xavoni qizdirib beradigan asbob; tuzilishi rekuperativ havo qizdirgichga oʻxshash. Bunda havo issiqlik eltgich bilan qizdiriladi. Issiqlik eltgich turiga koʻra, Kalorifer suvli, bugʻli (keng tarqalgani), gazli, oʻt-havoli va elektr xillarga; tuzilishiga koʻra, plastinkali, kuvurli, spiral qovurgʻali, yaproqsimon va b. xillarga boʻlinadi. Plastinkali Kalorifer (radiator) keng tarqalgan boʻlib, unda issiklik eltgich (suv bugʻi yoki kaynoq suv) sirti plastinkali quvurdan oqadi va plastinkalar orasidagi havoni isitadi.