KALVIN

KALVIN (Calvin) Melvin (1911.7.6, Sent-Pol, AQSH, Minnesota shtati) — amerikalik biokimyogar. Vashington Milliy FA aʼzosi. Michigan togʻ ishi va texnologiyasi kollejini tugatgan (1931). Berklidagi Kaliforniya un-ti prof. (1947-y. dan). Ilmiy ishlari fotosintezga oid. Kalvin oʻsimliklarning SO2 ni oʻzlashtirish paytda sodir boʻladigan biokimyoviy jarayonlar bosqichlarini kashf etgan. Nobel mukofoti laureati (1961).