KAYQUBODSHOH

KAYQUBODSHOH — qad. Baqtriyadagi shahar xarobasi (taxm. mil. av. 2-a. — mil. 2—3-a. lar). Hoz. Shahrituz (Tojikiston) tumanidagi Nosir Xisrav sh. chasi yaqinida. 1950, 1952—53 y. larda arxeologik qazishma ishlari olib borilgan. Toʻgʻri burchakli (300×400 m) devor (eni 4 m, boʻyi 6 m) va istehkom saqlangan boʻlib, Shim. Baqtriya va Afgʻonistondagi qad. shaharlarni oʻragan istehkomlarga oʻxshaydi. Kayqubodshohdan tangalar, sopol buyumlar, sargʻish loydan ishlangan haykalchalar topilgan.