KAYRALAR

KAYRALAR (Uria) — rjankasimonlar turkumining chistiklar kenja turkumiga mansub qushlar urugʻi. Uzuntumshuqli va kalta tumshuqli Kayralar turini oʻz ichiga oladi. Vazni 1,4 kg ga yaqin. Shim. yarim sharning moʻtadil va arktik dengizlarida tarqalgan. Barmoqlari parda bilan tutashgan. Yerda yaxshi yura olmaydi; tez uchadi; yaxshi suzadi va shoʻngʻiydi. Minglab qushlar galalashib dengiz qirgʻogʻidagi qoyalarga yoki tekis toshli orollarga uya quradi. Bitta tuxum qoʻyib, 33—35 kun bosadi. 20—24 kunlik joʻjalari qoyalardan dengizga tushadi. Asosan, mayda baliqlar, shuningdek, qisqichbaqalar va dengiz umurtqasizlari b-n oziqanadi. Tuxumi qimmatbaho oziqovqat hisoblanadi