KAVKAZOLDI

KAVKAZOLDI — Katta Kavkaz shimoli bilan Kuma-Manich botigʻi orasidagi hudud. Stavropol qirlari K. ni 2 qismga — Gʻarbiy Kavkazoldi va Sharqiy Kavkazoldiga boʻlib turadi. Gʻarbiy K. Kuban-Azov boʻyi pasttekisligini, Sharqiy K. esa Terek-Kuma pasttekisligini oʻz ichiga oladi (q. Kavkaz).