IQTISODIY HAMKORLIK TASHKILOTI

IQTISODIY HAMKORLIK TASHKILOTI (IHT) — aʼzo mamlakatlarning iqtisodiy, madaniy, fan va tex-nikaviy hamkorligi boʻyicha tashkil etilgan xalqaro mintaqaviy tashkilot. IHT 1964-y. da Eron, Pokiston va Tur-kiya tomonidan «Mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish» nomi b-n tuzilgan. Keyin 70-y. larda ichki mintaqaviy savdo susayib ketgani uchun oʻz faoliyatini toʻxtatgan. 1985-y. da «Iqti-sodiy hamkorlik tashkiloti» nomi b-i qaytadan oʻz faoliyatini boshladi. 1992-y. 28 noyab. da Islomobod sh. da aʼzo davlatlar Tashki ishlar vazirlari ken-gashining favqulodda yigʻlishida Afgʻoniston, Ozarbayjon, Tojikiston, Turkmaniston, Oʻzbekistan, Qirgʻiziston va Qozogʻiston davlatlari IHTga aʼzo boʻldilar. Tashkilotning asosiy maqsadlari: tashkilotga aʼzo boʻlgan davlatlar oʻrtasida iqtisodiy aloqalarni, shu jumladan, savdo-sotiqni kengaytirish; har bir aʼzo davlatda iqtisodiy oʻsish va aholining turmush darajasini koʻtarish uchun shartsharo-itlar yaratish; aʼzo davlatlarning maʼnaviy va madaniy alokalarini kuchaytirish va b.

Tashkilotning asosiy organlari: Tashqi ishlar vazirlarining Kengashi, doimiy vakillar va mintakaviy rejalashtirish kengashlari hamda kotibiyat. boshqaradi. Kotibiyat 6 ta maxsus direktorat (savdo; transport va kommunikatsiyalar; energetika, mineral resurslar va atrof muhitni himoya qilish; sanoat va q. x. ; iqtisodiy tadqiqotlar va statistika; loyihaviy tadqiqotlar) dan iborat. kemachilik kompaniyasi; «EKOEYR» aviakompaniyasi; savdo va rivojlanish banki; qayta sugʻurtalash kompaniyasi; madaniyat in-ti; fan fondi; taʼlim in-ti.

Aʼzo davlatlar boshliklari, hukumat raislari, delegatsiyalarining eng muhim iqtisodiy va b. masalalar boʻyicha yigʻilish va uchrashuvlari muntazam oʻtkazib turiladi. Tashkilotga aʼzo davlatlar rahbarlarining 6-uchrashuvi Tehronda oʻtdi (2000, 9—10 iyul). Tashkilot idorasi Tehronda joylashgan.

Sodiq Safoyev.