IBERIYA

IBERIYA, Iveriya (Iberia — iberlar nomidan olingan) — 1) Sharqiy Gruziya (Kartli) ning qad. nomi. Mil. av. 4-a. oxiri — 3-a. larda Iberiya hududida davlat barpo etilgan. Iberiyaning aholisi dehqonchilik, chorvachilik bilan shugʻullangan. Poytaxti — Msxeta, shuningdek, Urbnisi, Uplissix va b. shaharlarda kulolchilik, zargarlik va savdo rivojlangan. Mil. 337-y. da xristianlik davlat dini deb eʼlon qilingan. Mil. 4-a. oxirlarida I. Eronga tobe boʻlgan. 5-a. da Iberiya podshohi Vaxtang I Gorgasal sosoniylarga qarshi qoʻzgʻolonga boshchilik qilgan, lekin forslar qoʻzgʻolonni bostirib shoq hokimiyatini tugatganlar hamda Iberiyani oʻz viloyatlariga aylantirganlar;

2) Ispaniyaning qad. nomi (mil. av. 3-a. oxiri — 2-a. larda rimliklar tomonidan bosib olingunga qadar). Pireney ya. o. ningjan. va sharqiy qismida yashovchi tub joy aholi iberlar qabilasi nomidan olingan. Iberiya atamasi dastlab yunon tarixchi alibi Gekatey Miletlik (mil. av. 6-a.) asarida uchraydi.