IBAGE

IBAGE — Kolumbiyaning markaziy qismidagi shahar. Markaziy Kordilyera togʻlarining sharqiy yon bagʻrida. Tolima departamentining maʼmuriy markazi. Aholisi 347 ming kishidan ziyod (1990-y. lar oxirlari). T. y. va avtomobil yoʻli orqali Xirardotdagi aeroport va Bogota sh. bilan bogʻlangan. Kofe, sholi, tamaki, chorvachilik mahsulotlari yetishtiriladigan r-nning savdo markazi. Oziqovqat sanoati korxonalari, un-t bor. Hunarmandchilikda teridan turli buyumlar ishlab chikariladi. Shaharga 1550-y. da asos solingan.